Fransiyaning yangi TIV rahbari Kiyevga bordi
Olam
−
13 yanvar
5395Fransiya Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari Stefan Sejurne lavozimga kirishganidan keyin Ukrainaga keldi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
“Men bu yerga Fransiya Ukrainani uzoq muddatda iqtisodiy, harbiy va gumanitar jihatdan qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilish uchun keldim”, deydi Stefan Sejurne.
Yangi TIV rahbari Fransiya hukumati vakillari Ukrainaning hozirgi ehtiyojlarini baholash uchun Kiyevga bir necha bor tashrif buyurishlarini va’da qilgan.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Sejurne Yevropa parlamentida bo‘lgan vaqtida Ukraina va ozodlik himoyasi uchun ko‘p ish qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning may oyidan beri Fransiya Vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilib kelayotgan bosh vazir Elizabet Born joriy yilning 8 yanvar kuni iste’foga chiqqandi. 9 yanvar kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Beshinchi respublikaning yangi bosh vaziri etib, 34 yoshli Gabriel Attalni tayinladi.
U mamlakat tarixidagi eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Shundan so‘ng Fransiyada yangi hukumat tuzildi. Asosiy o‘zgarishlardan biri Katrin Kolonna o‘rniga yangi Tashqi ishlar vaziri – Stefan Sejurnening tayinlanishi bo‘ldi.
LiveBarchasi