Fransiyada Yangi yilgacha karantin choralari yengillashtiriladi
Olam
−
25 noyabr 2020
3352Fransiya rasmiylari 28 noyabrdan koronavirus bilan bog‘liq karantin choralarini yumshatishi, 15 dekabrdan esa karantinni bekor qilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilgan.
"Vaziyatdan kelib chiqib 15 dekabrdan karantin choralari bekor qilinishi mumkin", degan Makron.
Shuningdek, Makron karantin bekor qilinganda, mamlakatda soat 21:00 dan boshlab komendantlik soati joriy etilishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, butun Fransiya bo‘ylab joriy yilning 30 oktyabridan 1 dekabrigacha karantin kuchaytirilgandi.
Noyabr oyining o‘rtalarida Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq kunlik holatlar soni kamayib borayotgani, mamlakat pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tgani ma’lum qilingandi.
Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada 23 noyabr kuni 9 ming 155 kishida, 22 noyabrda 13 ming 157 kishida, 21 noyabrda 17 ming 680 kishida koronavirus aniqlangan.
Mamlakatda umumiy kasallanganlar 2,15 mlndan oshgan. 50 ming 237 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi