Turkiyada Yangi yil bayramida komendantlik soati joriy etiladi
Olam
−
15 dekabr 2020 9164 1 daqiqa
Turkiyada koronavirus pandemiyasi sababli Yangi yil bayrami kunlarida, ya’ni, 31 dekabrdan 4 yanvargacha komendantlik soati joriy etiladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.
“Biz oldin kiritilgan cheklovlar natijalarini ko‘rishni boshladik. 31 dekabr soat 21:00 dan 4 yanvar soat 05:00 gacha uzluksiz komendantlik soati joriy etildi”, degan Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Erdo‘g‘an Turkiyada ish kunlari soat 21:00 dan 05:00 gacha, shuningdek dam olish kunlari to‘liq komendantlik soati o‘rnatilishini e’lon qilgan. Bundan tashqari, Respublikada oziq-ovqat do‘konlari va savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ham cheklangan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 1,8 mlndan oshgan. 16 ming 417 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28