Fransiyada kuchaytirilgan komendantlik soati joriy qilinadi

Olam

image

Fransiyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 15 dekabrdan boshlab, soat 20:00 dan 06:00 gacha "qat’iy nazorat ostida" komendantlik soati joriy etiladi. Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks ma’lum qilgan. 

"Biz 15 dekabrdan boshlab komendantlik soatini qayta joriy etamiz. U soat 21:00 dan emas, 20:00 dan boshlanadi va qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Komendantlik soati Yangi yil kechasida ham amalda bo‘ladi", degan Fransiya Hukumati rahbari mamlakat ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatilgan matbuot anjumanida.

Biroq, bunday rejim G‘arbiy xristianlarning Rojdestvo bayrami arafasida, ya’ni, 24 dekabr kuni kuchga kirmaydi.

"Rojdestvo bizning hayotimizda va urf-odatlarimizda alohida o‘rin tutadi", deya tushuntirgan Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda karantin choralarini asta-sekin bekor qilish ishlari boshlab yuborilgandi. 

Parijda kuzda koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida yopilgan Eyfel minorasi dekabr oyi o‘rtasidan o‘z ishini qayta tiklashi aytilgandi

Shuningdek, mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron karantin bekor qilinganda ham, mamlakatda komendantlik soati amalda bo‘lishini aytgandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,34 mlndan oshgan. 56 ming 940 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

FRANTsIYa KARANTIN

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing