Fransiya 7 milliard yevro evaziga aviatashuvchi kema quradi
Olam
−
09 dekabr 2020
5364Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2038 yilga qadar yangi yadroviy aviatashuvchi kema yaratilishi haqida e’lon qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar bergan.
Qayd etilishicha, Fransiya dengiz flotining yagona faol aviatashuvchisi bo‘lgan "Sharl de Goll"ning o‘rnini bosadigan kema, taxminan, 2080 yilgacha xizmat qilishi rejalashtirilgan.
Og‘irligi 70 ming tonna, uzunligi 300 metr bo‘lgan yangi kema "Sharl de Goll" o‘lchamidan bir yarim baravar kattaroq bo‘ladi.
Aviatashuvchi samolyotni uchirish uchun Amerikaning elektromagnit katapultalari bilan, kema asosida esa keyingi avlod samolyotlari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, loyihaning narxi 7 milliard yevroga baholangan.
Makronning maslahatchilaridan biri Fransiya yangi aviatashuvchisiga ega bo‘lsa, o‘z ta’sirini global miqyosda aks ettira oladi, degan fikrda.
LiveBarchasi