Karantin choralari kuchaytirilgani Fransiyaga yordam berdi
Olam
−
16 noyabr 2020
6824Fransiyada koronavirus bilan bog‘liq kunlik holatlar soni kamaymoqda. Bu esa mamlakat pandemiyaning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tganini ko‘rsatadi. Bunga sabab qilib mamlakatda karantin cheklovlari kuchaytirilgani keltirildi.
"Mamlakatda joriy etilgan lokdaun tufayli, xuddi martdagi kabi, virus kamroq tarqaldi. O‘n kun ketma-ket yangi holatlar soni kamayib bormoqda", degan mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran.
Veranning ta’kidlashicha, mamlakat rasmiylari yana koronavirus pandemiyasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqda va bu yaxshi yangilik.
"Lekin bu kasallik ustidan g‘alaba qozonildi degani emas va xotirjam bo‘lishga hali juda erta", degan vazir.
Shuningdek, Veran uch yoki to‘rtta fransuz firmasi kelasi yil boshida o‘zlarining vaksinalarini taqdim etishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, butun Fransiya bo‘ylab joriy yilning 30 oktyabridan 1 dekabrigacha karantinning kuchaytirilgan tartibi joriy etilgandi.
Fransiyada koronavirusga chalinganlar 1,98 milliondan oshgan. 44 ming 548 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi