Londonda pandemiya bilan bog‘liq maksimal darajadagi cheklovlar joriy etiladi

Olam

image

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda koronavirusga chalinganlar sonining keskin ortishi natijasida ertaga, 16 dekabrdan boshlab maksimal darajadagi cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, 2 dekabrdan boshlab mamlakat poytaxtida COVID-19 bo‘yicha o‘rta darajadagi cheklovlarga o‘tilgan. Biroq, shaharda infeksiya tez sur’atlarda o‘sa boshlagan. 

16 dekabrdan amalda bo‘ladigan cheklovlarning maksimal darajasiga ko‘ra, Londondagi kafe va restoranlar faqat olib ketish xizmati bo‘yicha ishlaydi. Bir joyda yashamaydigan fuqarolarning uchrashishi taqiqlanadi. Teatr va stadionlarga tomoshabinlarning tashrif buyurishiga ruxsat berilmaydi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlarni kuchaytirish haqidagi qaror mamlakatda koronavirusning yangi turi aniqlangani bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, yangi tur boshqalaridan ko‘ra tezroq tarqalayotgan bo‘lishi mumkin, biroq uning og‘irroq kasallikni keltirib chiqarish ehtimoli past baholanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 1,85 million holatda COVID-19 kasalligi qayd etilgan. 64 ming 170 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

KARANTIN LONDON

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing