Germaniya karantin choralarini kuchaytirdi
Olam
−
10 dekabr 2020
4377Germaniyada koronavirus tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kecha, 9 dekabrdan boshlab Myunxenda aholining muhim ehtiyoj bo‘lmasa, uydan chiqishi taqiqlandi. Faqatgina ishga, shifokorga yoki oziq-ovqat olish uchun ko‘chaga chiqish mumkin bo‘ladi.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan 05:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi. Shuningdek, rasmiylar tunda spirtli ichimliklar savdosini taqiqladi.
Qayd etilishicha, ushbu qoidalar 2021 yilning 5 yanvariga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlarning ortishi sabab karantin choralarini kuchaytirish zarurligini aytgandi.
Ayni vaqtda, Germaniyada koronavirusga chalinganlar 1,25 mlndan oshgan. 929 mingdan ko‘p bemor sog‘aygan. 20 ming 460 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi