AQSH Kongressi Turkiyaga qurol-yarog‘ sotishni to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

AQSH Kongressi Amerikaning qurol va harbiy texnikalarini Turkiyaga yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi. Buni AQSH Davlat kotibining siyosiy-harbiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Klark Kuper tasdiqlagan

"Kongress tomonidan Turkiyaga qurol-yarog‘ sotilishi to‘xtatilgan, bu rost", degan Kuper qisqa qilib. 

U ushbu mavzu bo‘yicha boshqa izoh bermagan. 

Avgust oyida AQSH qonunchilik organi qariyb ikki yildan beri Vashington tomonidan Anqaraga qurol va harbiy texnika sotish bo‘yicha barcha yirik shartnomalarning bajarilishini yashirincha to‘xtatib kelayotgani haqida xabar tarqalgan.

Ta’kidlanishicha, Kongress a’zolari Turkiyaga Rossiyadan ilgari sotib olingan S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz kechishga majbur qilish uchun qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. 

Rossiya va Turkiya 2017 yilda Moskva tomonidan Anqaraga S-400 komplekslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Turkiya ushbu tizimlarni Rossiyadan sotib olgan birinchi NATO mamlakatidir. 

Anqaraning qarori AQSH va umuman alyansning keskin salbiy reaksiyasini keltirib chiqargan. 

Qayd etilishicha, AQSH Turkiyani Rossiya zenit-raketa tizimlaridan voz kechishga undash harakatlarini to‘xtatmaydi.

Shuningdek, Vashington Anqarani Amerikaning beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotini ishlab chiqarish bo‘yicha Amerika dasturidan chiqarib yuborgan. 

Bundan tashqari, AQSH S-400 sotib olish uchun Turkiyaga bir qator sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qilmoqda, ammo bu muhim qadamlarni tashlashga shoshilmayapti. Anqara esa bunday cheklovlar qo‘llanilishini javobsiz qoldirmasligidan ogohlantirgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an oktyabr oyida Anqara AQSHning bosimiga qaramay S-400 dan voz kechmoqchi emasligini ma’lum qildi. Shuningdek, u AQSHga Turkiyaga tahdid qilishni to‘xtatishni va ularni amalda tatbiq etishga urinishni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh TURKIYa

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing