Fransiyada 3 kishini o‘ldirgan qotil kimligi aniqlandi
Olam
−
30 Oktabr 2020
26452Fransiyaning terrorchilikka qarshi prokuraturasi rahbari Jan-Fransua Rikar Nitssa shahrida qurolli hujum uyushtirgan erkak asli tunislik bo‘lib chiqdi. U oktyabr oyi boshida mamlakatga kelgan.
Rikar hujum qilgan shaxsdan Italiya Qizil hochining 1999 yilda tug‘ilgan Tunis fuqarosiga berilgan hujjati topilganini ta’kidladi.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 20 sentyabr kuni Lampeduza oroli orqali Italiyaga kirgan. Keyin 9 oktyabrda Parijga kelgan”, degan Rikar.
U surishtiruv ishlari davom ettirilayotganini, buzg‘unchining harakat yo‘nalishini aniqlash zarurligini, shuningdek, uning sheriklari bor-yo‘qligini aniqlash kerakligini ma’lum qilgan.
Prokurorning qo‘shimcha qilishicha, hujum qilgan yigit maxsus xizmatlar “e’tibori”ga tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 oktyabr kuni Nitssa shahridagi Notr-Dam nomli mahalliy sobor yonida pichoq bilan qurollangan kishi odamlarga hujum qildi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi. Ular orasida cherkov ruhoniysi ham bor. Qurol bilan tajovuz qilgan shaxs qo‘lga olingan.
Voqeani tekshirishga Fransiyaning Milliy aksilterror prokuraturasi jalb qilindi. Nitssa hujumidan ikki soat o‘tgach, yana bir tajovuzkor Avinon kommunasida ko‘chadan o‘tayotganlarni pichoq bilan qo‘rqitdi va politsiya patruliga hujum qilmoqchi bo‘ldi. Shu paytda qurollangan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.
Bundan tashqari, bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida mahalliy aholi Fransiya konsulligi qo‘riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan. Politsiya hujum qilgan shaxsni jinoyat joyida hibsga olgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga Nitssadagi voqea munosabati bilan hamdardlik bildirdi hamda ularning g‘azab va qayg‘usiga sherik ekanini ma’lum qildi.
LiveBarchasi