Fransiya Rossiyaga jiddiy ayblov qo‘ydi
Olam
−
25 mart
11850Rossiya Qora va Boltiq dengizlari ustidagi xalqaro suvlarda patrul qilayotgan fransuz harbiy samolyotlarini nishonga olganlikda ayblandi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Parij bu harakatlarni Moskvaning tajovuzkorligi sifatida baholab, NATO bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida bunday hodisalar tobora ko‘payib borayotgani va tahdid solayotganini ta’kidlagan.
Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu birinchilardan bo‘lib bu muammoni tilga olgan va Qora dengiz mintaqasida Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari fransuz samolyotini nishonga olgan aniq holatga ishora qilgan.
Fransiya Qurolli Kuchlari vakili, polkovnik Jan-Per Godilerning aniqlik kiritishicha, gap 2024 yil noyabr oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan voqea haqida ketmoqda. O‘shanda Qora dengizning xalqaro suvlarida bo‘lgan AWACC uzoq masofali radiolokatsion aniqlash samolyoti Rossiya tomonidan radioaloqa orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidga uchragan. Godilerning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida rossiyaliklar o‘zlarini o‘ta dushmanona tutishgan, bu mintaqadagi fransuz uchuvchilari uchun misli ko‘rilmagan holat bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron agar Kiyev tegishli so‘rov yuborsa, Yevropa davlatlari Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishi mumkinligi haqida gapirgandi. Makronning aytishicha, Yevropa davlatlar o‘z kuchlarini Ukrainaga safarbar qilishi uchun Rossiyaning fikri inobatga olinmaydi.
LiveBarchasi