Yevropa Rossiya roziligisiz Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkin – Makron
Olam
−
16 mart 14693 1 daqiqa
Agar Kiyev tegishli so‘rov yuborsa, Yevropa davlatlari Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishi mumkin. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Le Parisien” nashriga bergan intervyusida so‘z yuritdi.
Makronning aytishicha, Yevropa davlatlar o‘z kuchlarini Ukrainaga safarbar qilishi uchun Rossiyaning fikri inobatga olinmaydi.
“Ukraina suveren, agar u ittifoqchi qo‘shinlardan o‘z hududida bo‘lishni so‘rasa, unda rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslikni Rossiya hal qilmaydi”, degan Fransiya rahbari.
Nashrning yozishicha, Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish rejasi “kelishuvning yakuniy bosqichida” amalga oshiriladi.
Emmanuel Makronning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Kiyevni “uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashini” namoyish etish uchun Yevropaning har bir davlatidan Ukrainaga bir necha ming kishi yuborilishi mumkin. Yevropalik askarlarning “asosiy nuqtalari” Kiyev, Lvov va Odessa bo‘lishi mumkin.
Qolaversa, boshqa bir Yevropa rahbari – Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ham Yevropa London va Parij boshchiligida “ko‘ngillilar koalitsiyasi”ni tuzishi mumkinligi haqida gapirdi. U Yevropa davlatlarining Ukrainada o‘z harbiylarini joylashtirishga intilishini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq Britaniya va Fransiya Ukraina armiyasi sonini sezilarli darajada qisqartirish haqidagi Moskva talablari fonida Kiyev xavfsizligini kafolatlash rejasini ishlab chiqishga harakat qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr