Fransiya Rossiya razvedkasining bayonotini rad etdi

Olam

image

Avvalroq Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Fransiya Ukrainaga yuborish uchun askarlarini tayyorlayotganini aytib chiqqandi. Fransiya Mudofaa vazirligi Narishkinning bu bayonotini “dezinformatsiya” deb atadi. Bu haqdagi tegishli bayonot vazirlikning X’dagi sahifasida e’lon qilindi.

“Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin e’lon qilgan ma’lumotlar Rossiyaning ommaviy dezinformatsiyadan tizimli foydalanayotganiga yana bir misoldir”, deyiladi bayonotda.

Fransiya Mudofaa vazirligi "bunday kampaniyalardan vosita sifatida foydalanishning oldini olish uchun maksimal darajada hushyor bo‘lishga" chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Makron 26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlati vakillari Rossiya Federatsiyasi bilan mojaroda Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilganda, Ukrainaga G‘arb davlatlarining quruqlikdagi kuchlarini yuborish ehtimoli mavzusi ko‘tarilganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar ushbu mavzu bo‘yicha konsensusga erisha olmagan, ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Konferensiyadan so‘ng, ishtirokchi mamlakatlarning aksariyat vakillari Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmaganliklarini va bundan tashqari, Rossiyaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishlariga qarshi ekanini bildirdi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurnening 27 fevral kuni bergan bayonotiga ko‘ra, G‘arb harbiylarining Ukraina hududida bo‘lishi muayyan turdagi yordam ko‘rsatish, jumladan, hududlarni minalardan tozalash va ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashda talab qilinishi mumkin, biroq bu ularning mojaroda ishtirok etishini anglatmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Rossiya razvedkasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing