PSJ Çempionlar ligasi rekordini örnatdi

Sport

−

image

Fransiyaning PSJ jamoasi UEFA Çempionlar ligasi tarixida törtta golni eng qisqa vaqt içida urgan jamoaga aylandi. Parijliklar bu natijaga 16 daqiqa va 2 soniyada erişdi. Bu haqda “beIN SPORTS” portali xabar berdi.

Joriy yilning 3 noyabr kuni Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining törtinçi turida PSJ “Vilyarreal”ga qarşi uçraşuvda tezkor gollar seriyasini qayd etdi.

Joau Neveş 9-daqiqada hisobni oçdi. 12-daqiqada Dezire Due parijliklarning ustunligini oşirdi. 13-daqiqada Senni Mayulu uçinçi golni urdi, 17-daqiqada esa Fabian Ruis raqib darvozasini işğol qildi.

Uçraşuv yakuniga qadar Luis Enrike şogirdlari yana 2 ta gol kiritgan holda 6:0 hisobida “Vilyarreal” mağlubiyatga uçratdi.

Şu tariqa, PSJ joriy mavsumda Çempionlar ligasining umumiy bosqiçida ötkazgan törtta uçraşuvining barçasida ğalaba qozondi. Parijliklar “Slovan”ni 6:1, “Mançester Siti”ni 4:2, “Barselona”ni 4:2 hisobida mağlub etdi. Keyingi ğalaba esa “Vilyarreal” ustidan qayd etildi. Natijada parijliklar 36 jamoa iştirok etayotgan umumiy jadvalda 100 foizlik natija bilan birinçi örinda bormoqda. “Vilyarreal” esa uçta öyinda bir ğalaba va ikki mağlubiyat qayd etib, 19-poğonadan joy olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing