Fransiyada öquvçilar ketayotgan avtobus halokatga uçradi. Qurbonlar bor
Olam
−
17:23 430 2 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni ertalab Fransiyaning şarqiy qismida maktab öquvçilarini olib ketayotgan şaharlararo avtobus yöl-transport hodisasiga uçradi. Oqibatda ikki kişi halok böldi, yana 16 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ayn departamenti prefekturasi ma’lumotiga köra, halok bölganlardan biri voyaga yetmagan, ikkinçisi esa yoş katta şaxs bölgan. Jarohatlanganlarning uç nafari oğir ahvolda.
Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hodisa Lion şahrining şimoli-şarqida joylaşgan Lent kommunasi yaqinida sodir bölganini ma’lum qilgan. Vazir voqea joyiga yöl olganini bildirgan.
BFM TV telekanalining xabar berişiça, avtobus yölovçilari orasida hududdagi örta va yuqori sinf öquvçilari ham bölgan. Hodisa joyidan olingan fotosuratlarda avtobus yöldan çiqib, ariqqa tuşib ketgani aks etgan.
Fransiya Ta’lim vaziri Eduar Geffre ham fojia yuzasidan munosabat bildirgan. U öquvçilar bunday baxtsiz hodisalar qurboni bölişi doimo oğir ekanini bildirib, hukumat va ta’lim hamjamiyati halok bölganlar hamda jabrlanganlarning oilalariga hamdardlik bildirişini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştati Mayami şahri yaqinida kiçik vertolyot suvga qulab tuşgandi. Hodisa oqibatida uçuvçi halok bölgan, vertolyotdagi yana ikki kişi oğir jarohatlangan edi.
Live
Barchasi