“Fidoyi rahbar”: Kim Chen In nima sababdan vazn tashlagani taxmin qilindi
Olam
−
31 iyul 2021
10682Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yil boshidan beri 20 kilogrammdan ortiq vazn yo‘qotgan. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan Koreya xalq armiyasi qo‘mondonlari va siyosiy ofitserlarining birinchi seminaridan olingan rasmlarda Kim Chen Inning kostyumi uning ustida keng turib, beliga osilib qolgani ko‘rinadi.
Bir oy oldin Janubiy Koreya va G‘arb matbuoti Shimoliy Koreya rahbari 10 dan 20 kg gacha vazn yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Keyinchalik, bu ma’lumotni KXDR davlat televideniyesi tasdiqlagan, lekin Kim Chen Inning o‘zi ko‘rsatilmagan. Ta’kidlanishicha, rahbarning oriq holati odamlarning qalbini “sindiradi”.
“Kim Chen In 2011 yilda hokimiyatga kelganidan beri, oziq-ovqat va ichimliklar ta’sirida taxminan 40 kg vazn orttirgandi”, deyilgan Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchining maksimal vazni 140 kg ga yetgan. Gollandiyadagi Leyden universitetining Koreya bo‘yicha mutaxassisi Kristofer Grinning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen Inning vazn yo‘qotishi mamlakat oziq-ovqat inqirozi va boshqa qiyinchiliklarga dosh bera olmayotgan paytda, “fidoyi, mehnatkash” lider obrazi sifatida qo‘llanilmoqda.
Avvalroq, Janubiy Koreya deputati Kim Ben Ki KXDR rahbarining boshqaruviga ta’sir qiladigan sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyining boshlarida Kim Chen In jamoatchilik oldida so‘nggi bor ko‘ringanidan buyon sezilarli darajada ozib ketgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi