Farg‘onada onlayn qimorni targ‘ib qilgan 22 yoshli bloger ushlandi (video)
3-sahifa
−
24 Oktabr
5717Farg‘ona viloyatida onlayn qimorni o‘z Instagram sahifasida reklama qilgan bloger qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi tezkor xodimlari Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkaunt foydalanuvchisi tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlarini faol targ‘ib qilib kelayotganini aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, u turli reklama roliklarni o‘z sahifasiga joylashtirib, onlayn qimor reklamasini yo‘lga qo‘ygan. Tezkor tadbir natijasida mazkur akkaunt foydalanuvchisi – 2002 yilda tug‘ilgan Quva tumanida yashovchi shaxs gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.
“Bilmasdan qimor o‘yinlarini reklama qilib qo‘ydim. Qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman”, deydi u.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Hamkor reklama servis” MCHJ tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik reklama tovar belgisi ko‘rsatilgan holatlar aniqlanib, chora ko‘rilgan edi.
LiveBarchasi