Farg‘onada bir vaqtda ikki 18 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
27 fevral
14588Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi Ibrohimova Madina hamda Jiyanboyeva Ruxshona bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Madina Oybek qizi Ibrohimova 2006 yilda tug‘ilgan, tumandagi Garmdon mahallasining Farovonlik ko‘chasida yashab kelgan. U joriy yilning 15 fevral kuni tush vaqti soat 13:00 lar atrofida yashash xonadonidan o‘qishga deb chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Ibrohimova Madinaning alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm atrofida, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, quloqlari, burni o‘rtacha kattalikda ruhan sog‘lom. Uyidan chiqib ketganda egnida qora rangli ayollar paltosi, qora shim, oq rangli oyoq kiyim bo‘lgan.
Shuningdek, Qo‘shtepada g‘oyib bo‘lgan yana bir qiz, 2006 yilda tug‘ilgan, tumandagi Do‘stik mahallasining Iltifot ko‘chasi 38-uyda yashab kelgan Ruxshona Sherzod qizi Jiyanboyeva ham 15 fevral kuni bedarak yo‘qolgan.
Jiyanboyevaning alohida belgilari: bo‘yi 155-160 sm, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, ruhan sog‘lom. O‘sha kuni egnida sariq rangli ayollar kurtkasi, qizil rangli oyoq kiyim bo‘lgan.
"Yuqoridagi shaxslar haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lganlarni 102 qisqa raqamiga yoki (73) 244-36-22 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi”, deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan 18 yoshli Barnoxon Xoldaraliyeva, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi, 9-sinf o‘quvchisi Oydin Tursunova hamda Jizzax viloyatida yashovchi Sabrina Nazirqulovaning bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. Oradan 24 kun o‘tib Oydin Tursunova topilgani ma’lum bo‘ldi, biroq Barnoxon Xoldaraliyeva bilan Sabrina Nazirqulova hamon bedarak yo‘qolgan bo‘yi qolmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr