Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli qiz topildi
3-sahifa
−
29 yanvar
43490Kecha, 28 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi, 9-sinf o‘quvchisi Oydin Tursunova Jumanazarovna bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar berishicha, qiz kecha soat 22:00 larda Angor tumani, “Sharq Guli” mahallasi hududidan topilib, shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish markaziga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan 18 yoshli Xoldaraliyeva Barnoxon 53 kundan beri topilmagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr