Diqqat! Andijonda 18 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida bedarak yo‘qolgan 18 yoshli qiz qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, “Navoiy” MFY, Obi-hayot ko‘chasi 10-uyda yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan Xoldaraliyeva Barnoxon Baxtiyorjon qizi 2023 yilning 7 dekabr kuni soat 11:30lar atrofida yashash uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. 

“Qizim Xoldaraliyeva Barnoxon uydan sim-karta olaman, deb 7 dekabr kuni chiqib ketgan, shu bilan bedarak yo‘qoldi. Bolamni topa olmadim. Uning topilishida barchangizdan yordam so‘rayman”, deya videomurojaat yo‘llagan qizning onasi.

Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan "102" ishonch raqamiga yoki Andijon tumani IIBning (74)741-13-28, (93)505-21-21, (33)478-00-00, (93)254-54-54 telefon raqamlariga xabar berishingiz so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 yanvar kuni Toshkentda “Qalqon” tizimi orqali bedarak yo‘qolgan qiz topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv Andijon bedarak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing