Toshkentda “Qalqon” tizimi orqali bedarak yo‘qolgan qiz topildi
3-sahifa
−
13 yanvar
1483511 yanvar kuni Yagona tezkor boshqaruv markazining “Qalqon” tizimi orqali jami 4 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 122-moddasi (voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 169-moddasi (O‘g‘rilik) va 277-moddasi (Bezorilik) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Shuningdek, IIBBning ma’lum qilishicha, mazkur tizim orqali bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz ham topilgan.
Bundan tashqari, qidiruvda bo‘lgan “Spark” rusumli, davlat raqam belgisi 01 A 415 NB bo‘lgan avtomashina Olmazor tumanida aniqlanib, ushlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi