Surxondaryoda 15 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
28 yanvar
67952Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi, 2008 yil tug‘ilgan Oydin Tursunova Jumanazarovna 2024 yil 5 yanvar kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qizni topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 2 000 000 so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102, +998-93-760-22-02, +998-90-746-00-06 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda uyidan sim-karta olaman deb chiqib ketganicha qaytmagan, 18 yoshli qiz bedarak yo‘qolgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr