Endi Jizzaxda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. U maktabdan qaytmagan
3-sahifa
−
19 fevral
41847Jizzax viloyatida yashovchi Sabrina Nazirqulova qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumani, Istiqlol MFY, Marjonsuv ko‘chasi, 35-uyda yashovchi Nazirqulova Sabrina Saydulla qizi 2024 yil 6 fevral kuni soat 08:30da maktabga borishini aytib, uyiga qaytib kelmagan.
Ma’lum qilinishicha, Sabrina Nazirqulova 2007 yilda tug‘ilgan bo‘lib, ayni damda Uchtepa Kasb-hunar maktabining 1-bosqich talabasi hisoblangan.
Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 qisqa raqamiga xabar berishlari so‘ralgan va xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi bildirilgan.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan 18 yoshli Barnoxon Xoldaraliyeva va Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi, 9-sinf o‘quvchisi Oydin Tursunovaning bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. Oradan 24 kun o‘tib Oydin Tursunova topilgani ma’lum bo‘ldi, biroq Barnoxon Xoldaraliyeva hamon bedarak yo‘qolgan bo‘yi qolmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr