Falastindagi urush ortidan Pokistonda Yangi yilni nishonlash taqiqlandi

Olam

image

Pokiston muvaqqat bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar Falastin bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakatda barcha Yangi yil bayramlarini nishonlashni taqiqladi. Bu haqda “Geo” telekanali xabar berdi.

"Men barcha pokistonliklarni falastinliklar bilan birdamlikka chaqiraman. Pokiston xalqi motamda. Vaziyatni inobatga olib, Pokiston hukumati Yangi yil bilan bog‘liq barcha tadbirlarni taqiqlashga qaror qildi", degan Kakar teledastruda.

Ma’lumot uchun, BAAning Sharja shahri ham Falastin bilan birdamlik sifatida Yangi yil bayramini nishonlashni cheklagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat tashkilotlarining byudjet hisobidan Yangi yilni nishonlashi taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing