Davlat tashkilotlariga byudjet hisobidan Yangi yilni nishonlash taqiqlandi

Jamiyat

image

Hukumat topshirig‘i bilan O‘zbekistonda davlat tashkilotlariga Yangi yil munosabati bilan korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, barcha vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va tijorat banklariga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil munosabati bilan korporativ tadbirlar tashkil qilish va bayram dasturxonini yozish taqiqlangan.

Xodimlar o‘z oyliklari yoki rag‘bat pullaridan bunday tadbirlar tashkil etishi bundan mustasno.

“Byudjet puli — xalqning puli. Uning har bir tiyini hisobli. Xalqimiz bu pullarni bizning o‘yin-kulgi qilishimiz uchun bermagan”, degan Bosh vazir Abdulla Aripov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham byudjet tashkilotlarida Yangi yilda korporativ tadbirlarni o‘tkazish va ziyofat tashkil etish taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil korporativ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing