Qo‘qonda Yangi yil kechasi mushakbozlik uyushtirgan shaxslar qamaldi (video)
3-sahifa
−
02 yanvar 5595 1 daqiqa
Joriy yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mushakbozlik uyushtirgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31 dekabr kuni soat 23:55 da Qo‘qon shahar A.Charxiy ko‘chasida Yangi yil bayramini nishonlash maqsadida yo‘lning qatnov qismida shu yerda yashovchi fuqarolar chiqib, mushakbozlik uyushtirmoqchi bo‘lgan. Taxminan 10-15 nafar shaxs tomonidan O‘zbekiston tumaning Ohunqaynar qishlog‘ida qo‘lbola usulida yasalgan pirotexnika vositalari otilgan.
Tumani IIB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu harakatlarni sodir qilgan huquqbuzarlarning shaxsi aniqlangan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-(mayda bezorilik) va 185-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman sudiga yuborilgan.
“Raketaga o‘xshagan maketni yasab, “korobka”dan ustiga rangli “skotch”ni yopishtirib, olib chiqqanmiz. Ichiga o‘sha kichkina yarim qarichlik keladigan pirotexnika solib turib, otilgan”, deydi shaxslardan biri.
Sud ularning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq hamda BHM 30 baravari miqdorida jarima jazosini qo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahrida bugun, 1 yanvarga o‘tar kechasi ommaviy tartibsizlik bo‘lgani, mashina yoqib yuborilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bu xabarlarni rad etdi.
Live
Barchasi