Byudjet tashkilotlarida Yangi yil ziyofatlarini o‘tkazish taqiqlandi
Olam
−
13 dekabr 2022 14053 1 daqiqa
O‘zbekistonda byudjet tashkilotlarida Yangi yil bayrami korporativ tadbirlarini o‘tkazish va ziyofat tashkil etish taqiqlandi. Bu haqda kecha, 12 dekabr kuni mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tgan Vazirlar Mahkamasi rayosat majlisida so‘z bordi, deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ manbasi.
Vazirlar Mahkamasining navbatdagi rayosat majlisi kun tartibidan Yangiy yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi ham o‘rin olgan.
Rayosatda Bosh vazir Abdulla Aripov barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga byudjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan korporativ yig‘ilishlarni tashkil etish, bayram dasturxonini yozish va mushakbozlik uyushtirishni taqiqlagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28