Fyurining otasi raqib jamoa a’zosiga “kalla qo‘ygani” uchun uzr so‘radi

Sport

image

Avvalroq, Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Saudiya Arabistonida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik jamoasi a’zolari bilan mushtlashgani xabar qilingandi.

Biroz vaqt o‘tgach Jon Fyuri Usik jamoasi a’zolari bilan mushtlashgani uchun uzr so‘radi.

Fyuri Saudiya Arabistoni Ukraina vakillariga baqirib, so‘ng ulardan biriga bosh bilan zarba berdi, shundan so‘ng tomonlarni ajratishga to‘g‘ri keldi.

“Hammadan chin dildan uzr so‘rayman. Hissiyotlar va asabiylik kuchayib bormoqda. O‘g‘limning hurmati men uchun muhim. Olgan jarohatim meni bezovta qilmaydi, biz jang qilish uchun yashaymiz. Bu men uchun normal holat”, deydi katta Fyuri.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi jang 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib tomon og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylanib, maxsus kamar bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing