Eronning Saudiyadagi elchixonasi yetti yil deganda yana ochildi

Olam

image

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishi ortidan yetti yil deganda ilk bor Eronning Ar-Riyoddagi elchixonasi ochildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Ar-Riyoddagi Eron elchixonasi o‘zaro aloqalarni qayta tiklash to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra kecha, 12 aprel kuni qayta ochilgan. 

“Eron delegatsiyasi Ar-Riyod va Jiddada elchixona va bosh konsullikni tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘radi”, dedi Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanoniy. 

Eronning Saudiya Arabistonidagi diplomatik missiyasi Ar-Riyod tomonidan 2016 yilda shia ulamosining qatl etilishi bilan bog‘liq mojarodan keyin yopilgan edi. Shundan so‘ng Saudiya tomoni rasmiy Tehrondan o‘z diplomatlarini 48 soat ichida mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘tgan oyda Xitoy vositachiligida kelishmovchiliklarni tugatish va diplomatik vakolatxonalarni qayta ochishga kelishib olgan. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tiklanganidan bir hafta o‘tib esa Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy tashrif bilan Ar-Riyodga kelishga taklif qildi. Shu oy boshida Pekinda ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari oliy diplomatlarning birinchi rasmiy yig‘ilishida uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Saudiya Arabistoni diplomatik aloqalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing