Eronlik Nobel mukofoti sovrindori uch yil ichida beshinchi jazoga hukm qilindi

Olam

image

Eron qamoqxonasida saqlanayotgan Nobel mukofoti sovrindori Nargic Muhammadiy “tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadida davlatga qarshi tashviqot olib borish” aybi bilan yana bir muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda  "Associated Press" ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unga 15 oylik qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, ozodlikka chiqqanidan keyin uning Tehronda istiqomat qilishi, mamlakatni tark etishi va smartfondan foydalanishi taqiqlanadi.

Muhammadiyning Fransiyada yashaydigan turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi hukmni tanqid qilib, uni siyosiy motiv deb atagan.

Ma’lumot uchun, bu Nobel mukofoti sovrindoriga nisbatan 2021 yil mart oyidan beri beshinchi hukmdir. Hammasi bo‘lib, u 12 yil-u uch oy qamoq, 154 darra, ikki yil surgun va turli cheklovchi jazolarga hukm qilingan.

Shuningdek, Muhammadiy Eronda majburiy hijobga va o‘lim jazosiga ochiqdan ochiq qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Muhammadiy "Eron ayollarining zulmga qarshi kurashi va barcha uchun inson huquqlari va erkinliklari uchun" tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot Osloda onasining murojaatini o‘qigan Nargizning farzandlariga topshirildi. O‘sha yilning 7 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Eronni qamoqdagi Nobel sovrindorini ozod qilishga chaqirdi, dekabr oyida esa Nargisning navbatdagi sud ishi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Nobel' Nargic Muhammadiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing