Bayden Eronni qamoqdagi Nobel sovrindorini ozod qilishga chaqirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Eron hukumatini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan huquq faoli Nargis Muhammadiyni ozod qilishga chaqirdi. Bu haqda Oq uy saytida rasmiy bayonot e’lon qilindi. 

“Men Eron hukumatini uni (Nargis Muhammadiy) va uning gender tengligi uchun kurashayotgan hamfikrlarini zudlik bilan ozod qilishga chaqiraman”, deydi Amerika rahbari yozma bayonotida. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar eronliklarning o‘z kelajagini, so‘z erkinligini, gender tengligini himoya qilish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Eronning jasur xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etish va inson huquqlari buzilishi uchun mas’ul bo‘lgan respublika rasmiylarini javobgarlikka tortishni talab qilish niyatida.

Eron Tashqi ishlar vazirligi esa Muhammadiyga Nobel Tinchlik mukofoti berilishini ayrim Yevropa hukumatlarining intervension va anti-Eron siyosatiga mos keladigan siyosiy harakat deb atadi. Bundan tashqari, TIVga ko‘ra, Nobel qo‘mitasining qarori o‘zining asl maqsadlaridan umidsizlikka uchraganini ko‘rsatadi.

Ma’lumot o‘rnida, Nargis Muhammadiy 2016 yilda o‘z vatanida o‘lim jazosini bekor qilish tarafdori bo‘lgan inson huquqlari harakatiga rahbarlik qilgani uchun 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2020 yilda ozodlikka chiqdi, ammo 2021 yil oxirida yana hibsga olingan va hozir Tehrondagi Evin qamoqxonasida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi tinchlik uchun Nobel mukofotiga eronlik huquq faoli va “Inson huquqlari himoyachilari” tashkiloti vitse-prezidenti Nargis Muhammadiyga berishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Nobel' mukofoti Jo Bayden Nargis Muhammadiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing