Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Eronda sudlanadi
Olam
−
18 dekabr 2023
5809Eronlik siyosiy mahbus, huquq himoyachisi va Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiyning mukofot olganidan keyingi ilk mahkamasi 19 dekabr kuni Inqilobiy sudning 26-bo‘limida bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Muhammadiyning oila a’zolari tomonidan yuritiladigan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilindi.
10 dekabr kuni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini topshirish asnosida, Nargis ayollar bo‘limiga chaqirilgan va bildirishnoma orqali unga sud jarayoni 19 dekabr kuni soat 10:00 da Inqilobiy sudning 26-bo‘limida Imon Afshariy raisligida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Xavfsizlik va razvedka vazirligi talabiga ko‘ra, uning ishi Tehron tashqarisida ko‘riladi.
“Shu bilan birga, 33-okrug sudining bildirishicha, siyosiy va xavfsizlik muammolari tufayli hukm ijrosi Tehron tashqarisida amalga oshirilishi e’lon qilindi. Bu so‘rov Razvedka vazirligi tomonidan berilgan va sud rahbari vazifasini bajaruvchi Ali Qanatkar tomonidan imzolangan”, deyiladi ma’lumotda.
Bu “Inson huquqlari himoyachilari” tashkiloti vitse-prezidenti bo‘lgan Nargisning Inqilobiy sudda bo‘lib o‘tadigan uchinchi sud jarayonidir. Oldingi ikkita ishda Nargis 27 oylik qamoq va 4 oylik ko‘cha supurish va tozalash ishlariga hukm qilingandi. Uchinchi sud jarayoni 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Nargis Muhammadiy joriy yilning 6 oktyabr kuni Osloda bo‘lib o‘tgan Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laurenti deb e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi