Eron yana bir bo‘g‘ozni yopishi mumkin

Olam

image

Bab al-Mandab bo‘g‘ozining Eron tomonidan bloklanishi neft bozoriga jiddiy zarar yetkazadi. Bu haqda AQSH Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Randa Fahmiy ma’lum qildi.

Mazkur bo‘g‘ozning yopilishi neft mahsulotlari yetkazib berishda jiddiy muammolarga olib keladi.

Uning aytishicha, Yaman husiylari ishtirokidagi mojaroning kengayishi energiya resurslarining global yetkazib berilishiga qo‘shimcha xavf tug‘diradi. Chunki isyonchilar bo‘g‘oz ustidan nazoratni qo‘lga olishi mumkin. Bunday holatda, ularning fikricha, jahon neft bozori shok holatiga tushadi.

“Agar husiylar Bab al-Mandabni yopsa, bizda yetkazib berish bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga keladi”, degan Fahmiy.

Taxminan bir hafta avval, 25 mart kuni Eron OAVlari agar Eron hududiga quruqlikdan bostirib kirilsa, mamlakat Bab al-Mandab bo‘g‘ozini yopishini ma’lum qilgan edi.

Bab al-Mandab bo‘g‘ozi — Arabiston yarimorolining janubi-g‘arbiy qismi (Yaman) bilan Afrikaning shimoli-sharqiy qismi (Jibuti va Eritreya) o‘rtasida joylashgan strategik muhim yo‘ldir. U Qizil dengizni Arab dengizidagi Aden qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi. Ushbu bo‘g‘oz orqali dunyodagi dengiz orqali tashiladigan neft savdosining qariyb 12 foizi va suyultirilgan gazning 8 foizi o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning barcha neft quduqlari va Xarg orolini yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Bab al-Mandab bo'g'ozi Randa Fahmiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing