Eron yadrochi olim qotilligiga aloqador bir necha kishi qo‘lga olinganini e’lon qildi

Olam

image

Eron Hukumati fizik-fdrochi olim Muhsin Faxrizodaning qotilliga aloqador bir necha kishini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Husayn Amir Abdullohian ma’lum qildi.

“Ushbu qotillikni amalga oshirishda ishtirok etgan shaxslar sudlovdan qochib qutilmaydi. Bizning xavfsizlik xizmatlar ulardan ba’zilarning shaxsini aniqladi va qamoqqa oldi”, degan amaldor.

Abdullohian qo‘lga olinganlar haqida hech qanday ma’lumot bermagan. U bu ma’lumotlarni xavfsizlik xizmatlari ochiqlashi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, u qotillikda Isroil ham “o‘z rolini o‘ynaganini” ta’kidlagan. Shuningdek, Amerika va boshqa maxsus xizmatlar ham bunga aloqador bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni Eron yadro dasturi mualliflaridan biri bo‘lgan yadrochi olim Muhsin Faxrizod mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi. 

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilib, xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi.

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi. Eron parlamenti esa mamlakatning yadro faoliyatini tiklash bo‘yicha loyihaning umumiy qoidalarini ma’qulladi.

Shuningdek, BMT Eronda mamlakatning yadro dasturi rahbarlaridan biri bo‘lgan fizik Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi munosabati bilan dunyo mamlakatlariga murojaat qilib, ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Olim masofadan boshqariladigan quroldan o‘ldirilgani haqida ham fikrlar bildirildi. Ya’ni hujum vaqtida qotillik ijrochilaridan hech kim bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Muhsin Faxrizoda

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing