Eron fizik olimi Faxrizodaga suiqasd bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Olam

image

Yadrochi-fizik olim, Eron Mudofaa vazirining o‘rinbosari Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishida Eron Qurolli kuchlari a’zosi ishtirok etgan. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Razvedka vazirligi rahbari Mahmud Alaviy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka xodimlari fizikka suiqasd bo‘lishi to‘g‘risida bilgan. Vazirlik ushbu hujum qayerda sodir bo‘lishidan ham xabardor bo‘lgan, ammo suiqasdning sodir bo‘lish vaqti noma’lum bo‘lgan. Vazirlik bu haqda tegishli organlarga qotillikdan besh kun oldin xabar bergan.

“Suiqasd operatsiyasining ilk tayyorgarlik harakatlari bilan shug‘ullangan odam qurolli kuchlarning a’zosi bo‘lgan”, deydi Alaviy. 

Shuningdek, Alaviy uning bo‘limi mamlakat qurolli kuchlarida razvedka faoliyatini olib borolmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 noyabr kuni Eron yadro dasturi mualliflaridan biri bo‘lgan fizik olim Muhsin Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida qurolli hujumi qurboni bo‘ldi. Shundan so‘ng, mamlakatda Eron yadro dasturining “otasi“ o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi.

2020 yilning dekabr oyida Eron razvedka xizmati yadrochi-fizik olim Muhsin Faxrizodaga suiqasd uyushtirganlarning shaxsini aniqlagani to‘g‘risida xabar bergan edi. Hukumatining rasmiy vakili Ali Rabiy hodisaga doir surishtiruv ishlari olib borilayotganini, barcha tafsilotlar aniqlangach, javob choralari bo‘yicha qaror qabul qilinishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Muhsin Faxrizoda

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing