Eronlik yadrochi olim qanday qurol yordamida o‘ldirilgani aytildi

Olam

image

Eron yadro fizigi Muhsin Faxrizoda sun’iy yo‘ldosh tomonidan boshqariladigan qurol bilan o‘ldirildi. Bu haqda “Al-Alam” telekanali ma’lumotli manbaga asoslanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, olimni o‘ldirish uchun ishlatilgan qurollar "Isroilda ishlab chiqarilgan".

Bundan tashqari, Eron rasmiylari Tel-Avivdagi "sionistik rejim" olimning hayotiga suiqasd ortida turganligini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvaroq Eron Mudofaa vazirligi yadroviy fizik Muhsin Faxrizoda o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. U Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida terrorchilar hujumi qurboni bo‘ldi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Isroilning yadrochi olim qotilligiga aloqadorligini e’lon qilgandi. U xalqaro hamjamiyatni, xususan Yevropa Ittifoqini ikki tomonlama standartlar siyosatiga barham berishga va “davlat terrorizmi” harakatini qoralashga chaqirdi. 

Keyinchalik, yadrochi olimining o‘limidan so‘ng, Eron AQSH va Isroilni ogohlantirdi. “Eron o‘z xalqi va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deyiladi Islom Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchining BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi Raisining nomiga yuborgan maktubida.

Eronda olimning o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Muhsin Faxrizoda

Baholaganlar

336

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing