Eron Prezidenti 13 yil ichida ilk marta Suriyaga bordi

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy 13 yil ichida ilk bor Suriyaga safar qilmoqda. Bu haqda bugun, 3 may kuni ertalab Suriyaning SANA agentligi xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Raisiy bilan birga Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Husayn Amir Abdullohiyan, Muhammad Rizo Ashtiyaniy, shuningdek, Neft vaziri Javad Oujidan iborat katta delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Eron hukumati matbuot kotibi Ali Bahodori Jahromiyning aytishicha, muzokaralar savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratiladi. 

Raisiy va Suriya Prezidenti Bashar al-Assad 3-4 may kunlari Damashqda ikki tomonlama strategik hamkorlikni, xususan, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, eronlik siyosatchining tashrifi chog‘ida yirik hujjatlar to‘plami imzolanishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eron Prezidentining Suriyaga tashrifi arab-isroil mojarosining navbatdagi keskinlashuvi fonida bo‘lib o‘tmoqda. Shu yilning 2 may kuni Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya armiyasining Halab shahri yaqinidagi pozitsiyalariga raketa zarbalari bergan. Hujumni qaytarishda bir suriyalik askar halok bo‘lib, yana yetti nafari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Eron Ibrohim Raisiy Bashar al-Assad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing