Eron Oliy rahnamosining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklandi

Olam

image

Kecha, 8 fevral kuni Meta kompaniyasi Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiyning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlarini blokladi. Bu haqda Eron mahalliy nashrlari ma’lum qildi. 

Bloklangan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda Homanaiyning fors va ingliz tillarida faoliyat olib boruvchi ikkita akkaunti bor edi. Instagram'dagi fors tilli akkauntida besh milliondan ortiq, ingliz tilida esa 200 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan. 

Oyatullohning X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi akkauntlarining esa barchasi faol. U oxirgi marta o‘z sahifasiga kecha, 8 fevral kuni tushdan keyin kirgan. 

“Xudo xohlasa, G‘azodagi odamlarning g‘alabasi kundan kunga oydinlashmoqda”, deb yozgan u so‘nggi postida. 

Meta matbuot xizmatining bergan bayonotga ko‘ra, Eron diniy liderining akkauntlari orqali ko‘p bora kompaniya huquqlari buzilgan. 

“Biz bu hisoblarni xavfli tashkilotlar va shaxslarga qarshi yo‘naltirilgan siyosatimizni qayta-qayta buzgani uchun bloklab qo‘ydik”, deyiladi unda. 

Bildirilishicha, Eron muxolifati va isroilparast faollar, XAMASni qo‘llab-quvvatlagani uchun Homanaiyning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini blokirovka qilishni qayta-qayta talab qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram va Facebook Eronda taqiqlangan bo‘lsa-da, eronliklar veb-saytlar yoki ilovalarga, jumladan, AQSHga tegishli Facebook, X va You Tube'ga kirish uchun virtual xususiy tarmoqlar yoki VPN'lardan foydalanadilar. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy 2023 yilning oktyabr oyida XAMAS Isroilga hujum qilganida, uni nokaut qilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ijtimoiy tarmoq akkaunt Oyatulloh Ali Homanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing