Eron qiyinchiliksiz BAAni taslim etdi
Sport
−
21 mart
4316Bugun, Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida Eron o‘z uyida BAAni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu o‘yinning birinchi taymida stadiondagi yoritgichlarda nosozlik yuzaga keldi va o‘yin to‘xtatildi. Biroz vaqt o‘tib o‘yin davom ettirildi. Dastlabki taymga hakam 29 daqiqa qo‘shib berdi. Ilk bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda eronliklar hujumchisi Sardor Azmun hisobni ochdi. Ikkinchi taymda Muhammad Mohebbi hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi va o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Eron guruhda 19 ochko jamg‘arib, peshqadamligini saqlab qoldi. Mag‘lub bo‘lgan BAA esa ikkinchi o‘rindagi O‘zbekiston bilan oradagi farqni 6 tagacha yetdi va 3-o‘rinda qoldi.
LiveBarchasi