Eron qamoqxonalarida ko‘plab g‘arb josuslari saqlanayotgani aytildi
Olam
−
21 avgust 2023 5805 1 daqiqa
Eron Razvedka vaziri Ismoil Xatib mamlakat qamoqxonalarida fransuz, shved va britaniyalik josuslar saqlanayotganini aytdi. Uning so‘zlarini “Tasnim” agentligi keltirmoqda.
Vazir Ismoil Xatib Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonlari majlisining 24-yig‘ilishida so‘zga chiqib, qamoqxonalarda saqlanayotgan shaxslar haqida gapirib o‘tgan.
“Bugungi kunda mamlakat razvedka bo‘linmalarida Fransiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kabi ko‘plab mamlakatlardan josuslar bor”, deydi u.
Vazirning ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan ayg‘oqchilarning bir qismi qatl etilgan.
Shuningdek, u agentlarni qo‘lga olishda muvaffaqiyat kaliti Eron razvedka hamjamiyati a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik ekanini qayd etgan. Ammo vazir hibsdagi xorijlik josuslar haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron 6 milliard dollar evaziga amerikalik mahbuslarni ozod qilayotgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr