Eron iyulda SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘ladi

Olam

image

Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni iyul oyida yakunlanadi. Bu haqda bugun, 1 iyun kun Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn  bayonot berdi.

“Biz tashkilotning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘la huquqli a’zo bo‘lamiz”, deydi Husayn Amir Abdullohiyn

Ma’lumot uchun, 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ham ishtirok egan. Sammitda Eron SHHTga a’zo davlat maqomini olishi bo‘yicha majburiyat memorandumi imzolangan. Tegishli majburiyatlarni bajargandan so‘ng, mamlakat tashkilotga a’zo bo‘lishning rasmiy tartibini yakunlaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha so‘rovi Toshkent tomonidan ma’qullandi. 4-5 may kunlari Hindiston raisligida Goa shtatining Panaji shahrida SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda Eron Islom Respublikasi va Belarus Respublikasining SHHTga a’zo davlatlar sifatida tashkilotga qabul qilish jarayoni muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ShHT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing