Eron AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga zarba berdi – OAV
Olam
−
23 iyun 29723 1 daqiqa
Eron harbiylari Suriyaning hududida joylashgan AQSH harbiy bazasiga zarba berdi. Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalariga tayanib, CGTN xabar berdi.
Hozircha bu ma’lumot rasman AQSH tomonidan tasdiqlanmagan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu zarba Eronga qarshi AQSH tomonidan 22 iyun kuni uyushtirilgan hujumlarga javoban amalga oshirilgan. AQSH tomoni bu hujumlarni “Eronning yadroviy dasturini jilovlash” zarurati bilan asoslagan.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy Tehron tomonidan ham, Pentagon tomonidan ham rasmiy tasdiq yoki inkor berilmagan.
Qolaversa, voqea tafsilotlari ham hali to‘la aniqlashtirilmagan.
Eronning “Mehr” axborot agentligi ham Suriyaning shimoli-sharqidagi Xasaka shahridagi baza hujumga uchraganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyun kuni Tramp AQSH xalqiga murojaat qilib, mamlakat Eronning uchta yadroviy ob’ektiga – Fordo, Natanz va Isfahonga zarba berganini e’lon qilgan edi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa xalqqa qilgan murojaatida Trampga bu hujumlar uchun minnatdorlik bildirgan.
Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSHning zarbalari uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishini aytdi. Shuningdek, Eron hukumati zarbalarga qaramay, yadroviy energiyani rivojlantirishdan voz kechmasligini ma’lum qildi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa AQSH tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga uyushtirilgan hujumni “xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bevosita tahdid” deb atadi.
Live
Barchasi