BMT AQSHning Eronga bergan zarbasiga munosabat bildirdi
Olam
−
22 iyun 24481 2 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSHning Eron yadroviy inshootlarini bombardimon qilishini mintaqadagi xavfli avj olish va tinchlik hamda xavfsizlikka bevosita tahdid deb atadi. Bu haqdagi Guterrishning bayonoti BMT saytida chop etildi.
Bosh kotibning qayd etishicha, mojaro tezda nazoratdan chiqib ketishi mumkin va bunday oqibat xavfi tobora ortib bormoqda. Guterrishning fikricha, bunday ssenariy tinch aholi uchun ham, mintaqa uchun ham, butun dunyo uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi.
“Harbiy yechim yo‘q. Oldinga yagona yo‘l – diplomatiya. Yagona umid – tinchlik”, dedi u BMTga a’zo davlatlarni keskinlikni pasaytirishga, BMT Nizomi va xalqaro huquqni himoya qilishga chaqirar ekan.
Oq uy rahbari Tramp avvalroq AQSH Erondagi uchta yadroviy ob’ektga –Fordo, Natanz va Isfaxonga hujum qilganini aytgan edi. AQSH Prezidenti portlashni Qo‘shma Shtatlar, Isroil va butun dunyo uchun “tarixiy lahza” deb atadi.
Eronga zarbalar e’lon qilingandan so‘ng, Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Open Source Intel xabarini “Fordo ketdi” iborasi bilan qayta joylashtirdi. Eron dasturining asosiy qismi bo‘lgan yerosti yadroviy inshooti Tehronning janubida joylashgan.
Eron rasmiylari Trampning bayonotiga hozircha javob bermadi. “Fars” axborot agentligining xabar berishicha, Fordo yaqinida joylashgan Qum shahri aholisi portlash ovozi haqida xabar bergan. Biroq avvalroq Tehron, agar Vashington mojaroga bevosita aralashsa, AQSH zarbalariga javob qaytarishi haqida ogohlantirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika samolyotlari Erondagi uchta yadroviy ob’ekt – Fordo, Natanz va Isfaxonga zarba berganini ma’lum qilgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyoti Eron havo hududini tark etgan.
Live
Barchasi