Ermatovning ilk matbuot anjumani, 18 ming gektarga kengayadigan Toshkent, Putinni maqtagan Tramp va kunning muhim xabarlari sharhi

Jamiyat 2209
image

Toshkent shahar hududi 18 ming gektarga kengayadi.

Bugun, 29 iyun kuni Toshkent shahar hokimiyatida hokim Jahongir anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida shahar hokimining o‘rinbosari Davron Hidoyatov Toshkent shahar hududini 18 ming gektarga kengaytirish rejasi mavjudligini ma’lum qildi.

“Biz Toshkentga 1ng gektar yerni qo‘shib olishni rejalashtirayapmiz. Hozir masalaning hamma jihatlari o‘rganilmoqda, hali bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Viloyat hududining bir qismini shaharga qo‘shib olish oson ish emas. Ayni paytda Toshkent hududi 33 ming gektar. Endi tasavvur qiling, qo‘shib olinadigan yer shaharning hozirgi hududining deyarli 60 foiziga teng bo‘ladi”, deb aytib o‘tgan Davron Hidoyatov.

Tramp: "Putin ajoyib yigit”

28 iyun kuni Yaponiyaning Osaka shahrida G20 ning navbatdagi sammitida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp uchrashgani haqida xabar bergan edik. 

Donald Tramp ushbu uchrashuv haqida esga olarkan, Vladimir Putinni "yaxshi yigit", "ajoyib" deya ta’riflagan. 

"Biz, ikki buyuk davlat, Rossiya va AQSH savdoni tiklashimiz kerak. Kecha  yaxshi uchrashuv bo‘ldi. U ajoyib odam, katta rahmat ", qo‘shimcha qilgan Tramp.


Futbolda adolat o‘rnatgani keldim – Ravshan Ermatov.

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Men kelgan kunimdan birinchi e’tiborni O‘FA ichida maxsus muzey tashkil etishga qaratdim. Biz agar o‘zbek futbolini tarixini hurmat qilmasak, kelajakni ham hurmat qilmagan bo‘lamiz. Boshqa joylardan O‘zbekistonga kelgan mehmonlar uchun futbol yurtimizda kecha paydo bo‘lmaganini ko‘rsatish uchun ham bu muzey bizga kerak.

Avvalo bizda futbol hozirgi kunda rivojlanib boryapti, lekin bu talab darajasida emas. Futbol oldinga yurishi uchun unda adolat bo‘lishi kerak. Biz shuni o‘rnatamiz. Kimni haqqi bor shundoq ham zo‘rg‘a nafas olayotgan o‘zbek futboliga zo‘g‘m o‘tkazishga?”, deydi ravshan Ermatov.

Inson o‘limiga sabab bo‘lgan attraksion sinishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xabaringiz bor kecha, 28 iyun kuni Jizzax shahridagi “Istiqlol” bolalar istirohat bog‘idagi attraksion sinib ketishi oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar qilgan edik.

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ manbasiga ro‘y bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

“2019 yil 28 iyun kuni soat 12:30 larda Jizzax shahar, “Navro‘z” mahallasi hududidagi “Istiqlol” bolalar istirohat bog‘idagi YATT “Mamatqulov Burxon”ga qarashli “Uchar tarelka” attraksioni aylanayotgan vaqtida attraksionning “arelka” qismi tayanch o‘qiga payvandlash chokidan uzilishi oqibatida 7 metr balandlikdan yerga qulab tushgan bo‘lib, 8 nafar mijozdan bir nafari, ya’ni 1999 yilda tug‘ilgan M.X. “hayoti uchun havfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” olib voqea joyida vafot etgan.


Samarqand shahri “Samarqand sity” sabab YUNESKO ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkin.

Joriy yilning 30 iyun kunidan 10 iyuligacha Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida YUNESKO qoshidagi Butunjahon merosi qo‘mitasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu sessiyada “Sharq gavhari” hisoblanmish Samarqand shahrining tarixiy hududlari YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatidan o‘chirilishi mumkin. Bu haqda sessiya uchun tayyorlangan hisobotda ma’lum qilingan.

Unda qayd etilishicha, Shaharning tarixiy markazida barpo etilayotgan ko‘pqavatli yangi binolar madaniy qiymatga ega tarixiy binolarga zarar yetkazmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda Samarqandda tashkillashtiriladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sessiyasi uchun barpo etiladigan yangi mehmonxonalarning joylashtirilishi, uning uchun maydonlar ajratilishi hanuz YUNESKO bilan kelishilmagani qayd etilgan.

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 16
Reyting: 3.2
t
×