Erdo‘g‘an Putinga muammoni birga yechishni taklif qildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan suhbatda Tog‘li Qorabog‘ muammosini birgalikda hal qilishni taklif qilganini aytdi. Bu haqda u bugun, 28 oktyabr kuni parlamentdagi nutqi paytida ma’lum qilgan.  

"Biz Putin bilan yaxshi muzokaralar olib bordik. Biz Qorabog‘ masalasini batafsil muhokama qildik. Biz “keling, hammasini Kavkazda tugataylik. Agar xohlasangiz, birgalikda qadam tashlaymiz, tomonlar bilan suhbatlashamiz. Ammo endi muammoni hal qilishimiz yoki qilmasligimiz to‘g‘risida aniq qaror qabul qilishimiz muhim”, deb aytdik”, deydi Erdo‘g‘an.  

Turkiya rahbari faqatgina fundamental qaror qabul qilingandan keyingina, "aniq qadamlar qo‘yilishi" mumkinligini urg‘ulagan. Putin bilan telefon orqali suhbat 27 oktyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan. 

Turkiya rahbari Minsk guruhi "muammoni hal qilmadi, balki faqat vaqt o‘tkazdi", deb hisoblaydi. Erdo‘g‘an Putinga "Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazishni" taklif qildi va u o‘zi ham Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan suhbatlashishga tayyorligini bildirgan. 

"Kelinglar, yaxshi ish qilaylik, delegatsiyalar uchrashsin. Ishonamanki, biz natijalarga erishamiz", degan Erdo‘g‘an va Anqara mojaroda Bakuni to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini eslatib. 

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston AQSH vositachiligida o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun uchinchi bor sulh tuzdi. Ammo sulhning umri avvalgi ikkitasidan ko‘proq bo‘lmadi. Oradan bir necha soat o‘tib, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilganini aytib chiqdi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiya-Rossiya Qorabog' mojarosi

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing