Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni urushmaslikka ko‘ndirmoqchi

Olam

image

Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi har qanday bosib olish yoki urushga urinish butun mintaqadagi barqarorlikka jiddiy zarba bo‘ladi. Turkiya bunday keskinlikka qarshi. 

Bu haqda bugun, 21 yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi juma namozidan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Erdo‘g‘pn Turkiya vositachilik sa’y-harakatlari va Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tinchlikka qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan hissa qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi. 

Turkiya Prezidenti Ukraina atrofidagi keskinlikni muhokama qilish uchun Moskvaga tashrif buyurishini istisno etmagan. 

Ukrainaga tashrif allaqachon mening dasturim kun tartibiga kiritilgan, deb esladi Erdo‘g‘an.  

“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni istisno etmayman.  Moskvaga tashrif ham bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi Prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning Rossiya bilan aloqalari ijobiy tomonga rivojlanmoqda. 

Turkiya rahbari bugungi kunda 40 million kishiga yetgan Ukraina aholisiga e’tibor qaratdi:  

“Ayni paytda gap mintaqadagi eng katta va qudratli davlat bo‘lgan Rossiya haqida ketmoqda. Anqara va Moskva o‘rtasidagi aloqalarning hozirgi darajasi ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bizni Ukraina bilan ham yaqin siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqalar bog‘lab turadi. Men avvalroq Zelenskiy va Putin bilan suhbatlarda ham Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muloqotga hissa qo‘shishga tayyor ekanligimni aytgandim”.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Ukrainaga tashrifi joriy yilning 3 fevraliga rejalashtirilgan.

Rossiya Ukraina urushi xavfi

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Rossiyaning Ukrainaga  “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.

“Conflict Intelligence Team” (CIT) esa Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashiyotganini  ma’lum qildi. Unga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan.

Shu o‘rinda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ham Britaniya Ukrainaga qurol yuborayotganini, allaqachon oltita reys kelganini aytdi.

Bundan tashqari, Kanada ham maxsus topshiriqlar bo‘linmasining kichik kontingentini NATO harbiy alyansi va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda Ukrainaga joylashtirdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarining maxsus operatsiyalar uchun tashkil etilgan elita harbiy bo‘linmasining 30 nafar jangchisini Ukrainaga yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing