Erdo‘g‘an Polshaga raketani Rossiya otganiga ishonmasligini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Polshada qulagan raketa bilan bog‘liq hodisaga Rossiyaning aloqasi yo‘q, deb hisoblashini aytdi. Bu haqda u Balidagi matbuot anjumanida so‘z ochgan. 

“Bu uning raketasi emasligini aytgan Rossiyaning pozitsiyasini hurmat qilishim kerak. Biz uchun bu muhim”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbari, shuningdek, voqeani batafsil tekshirishga chaqirdi. 

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an AQSH Prezidenti Jo Baydenning “bu Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar emasligi” haqidagi bayonotlarini muhim deb atadi.  

“[Germaniya kansleri Olaf] Shols, ular NATOning olti davlati kabi bir-biri bilan aloqada ekanliklarini aytdi. Baydenning ham bayonoti bor edi. Menimcha, raketalar Rossiyada ishlab chiqarilgan deb turib olish bu masalani qo‘zg‘atadi. Biz imkon qadar harakat qilyapmiz. Rossiya va Ukrainani bir muzokara stoliga qo‘yish mumkin. Shu munosabat bilan biz provokatsiya kabi usul to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz. Tinchlikka yo‘l muloqotdan o‘tadi”, deya qo‘shimcha qildi Turkiya Prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini "vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya" deb atadi.  

AQSH Prezidenti Jo Baydenga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Polsha hududiga tushgan raketani Rossiya uchirganini tasdiqlamagan


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing