Entoni Teylor hakamlik faoliyatini yakunladi
Sport
−
22 iyul 806 2 daqiqa
FIFA sertifikatiga ega ingliz hakami Entoni Teylor 47 yoshida hakamlik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Uning faoliyatidagi so‘nggi uchrashuv 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda bo‘lajak chempion Ispaniya 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Eng yuqori darajada hakamlik qilish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Biroq bu kasb doimiy bosim va qattiq e’tibor ostida yashashni talab qiladi. Endi bir qadam ortga chekinib, hayotimning yangi bosqichini boshlash vaqti keldi”, deydi Teylor “The Athletic” nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, u yordamchilari, hakamlar korpusidagi hamkasblari va futbol oilasidagi barcha insonlarga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan. Teylor oilasi va yaqinlariga ham alohida rahmat aytib, “hakamlik faoliyati ulardan katta fidoyilik va sabr-toqat talab qilganini” ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Entoni Teylor Angliya Premer-ligasida 16 mavsum davomida faoliyat yuritdi. U 2022 va 2026 yilgi Jahon chempionatlari, shuningdek, 2020 va 2024 yilgi Yevropa chempionati uchrashuvlarida hakamlik qildi.
Shu bilan birga, u 2024 yilgi “Borussiya Dortmund” – “Real Madrid” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finali, 2017 va 2020 yilgi Angliya kubogi finallari, 2015 yilgi Liga kubogi finalida bosh hakam sifatida ishlagan.
Ma’lumot uchun, faoliyati davomida Teylor jami 831 ta rasmiy uchrashuvni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Teylor O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi Kolumbiyaga qarshi tarixiy ilk uchrashuvini boshqargandi.
Live
Barchasi