O‘zbekistonning JCHdagi ilk o‘yinini qaysi hakam boshqarishi aniq bo‘ldi
Sport
−
15 iyun 8519 1 daqiqa
Angliyalik hakam Entoni Teylor O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk uchrashuvini boshqaradi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Unga hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nunn yordamchi hakam sifatida ko‘maklashadi. Kosta-rikalik Haun Kalderon va Xuan Karlos Mora esa to‘rtinchi hamda beshinchi rasmiy shaxs vazifasini bajaradi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi Kolumbiyaga qarshi tarixiy debyut uchrashuvida hakamlar brigadasiga tajribali ingliz referisi Entoni Teylor boshchilik qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi mundialdagi debyut uchrashuvini o‘tkazadi. Meksikadagi mashhur “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahs Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da boshlanadi.
Live
Barchasi