Endi o‘zbekistonliklar xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun bojxona badali to‘laydi

Jamiyat

image

2025 yilning may oyidan boshlab xalqaro kurerlik jo‘natmalaridan buyurtma qilinganda 1 kg yuk uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi – 7500 so‘m miqdorida yig‘im to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvar kuni qabul qilingan “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-son qarorida so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, qaror bilan quyidagilarni nazarda tutgan holda Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi:

  • tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdori bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
  • tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalari o‘zaro muvofiqlashtirildi;
  • bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im miqdori 8 barobarga kamaytirildi. Ya’ni, BHMning 2 baravaridan 25 foizga tushirildi;
  • bojxona hududida va hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlarida undiriladigan yig‘im miqdori 2 barobarga pasaytirildi;
  • dastlabki deklaratsiyalash amalga oshirilganda undiriladigan yig‘imga 20 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi.
  • tranzit bojxona rejimi uchun BHMning 25 foizi miqdorida yig‘im belgilandi;
  • xalqaro kurerlik jo‘natmalarining 1 kg uchun BHMning 2 foizi miqdorida yig‘im belgilandi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2024 yil 28 dekabr kuni imzolagan “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekistonda 60 turdagi mahsulotlarga bojsiz import rejimi uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona jo'natma kur'erlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing